Foydalanuvchi xizmatlardan foydalanish uchun kamida 18 yoshga to‘lgan va to‘liq huquqiy layoqatga ega bo‘lishi kerak. Agar Foydalanuvchi yuridik shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tayotgan bo‘lsa, tegishli vakolatga ega bo‘lishi shart.
Foydalanuvchi Platformadan foydalanish maqsadida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy akkaunt yaratadi va unda so‘ralgan ma’lumotlarni (jumladan, Haydovchi uchun — transport vositasi va haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlarini) to‘g‘ri va to‘liq taqdim etishi lozim. Foydalanuvchi taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligi uchun javobgar bo‘lib, ma’lumotlar o‘zgarganda o‘z vaqtida yangilashi shart.
Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda soxta yoki begona ma’lumotlarni kiritmasligi lozim. Boshqa shaxs yoki tashkilot nomidan vakolatsiz ro‘yxatdan o‘tish taqiqlanadi va bunday harakatlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchi o‘z akkauntining kirish ma’lumotlarini (login va parolni) maxfiy saqlashi va uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart. Foydalanuvchining akkaunti orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar uning o‘zi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi agar o‘z akkautidan ruxsatsiz foydalanish holatini yoki maxfiylik buzilishini aniqlasa, darhol bu haqda Kompaniyani xabardor qilishi lozim.
Foydalanuvchi o‘z akkauntini uchinchi shaxslarga berishi yoki ulardan birgalikda foydalanishga ruxsat berishi mumkin emas (Har bir Foydalanuvchi faqat bitta akkauntga ega bo‘lishi lozim).
Platformada ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish bepul amalga oshiriladi; Foydalanuvchi ushbu Ofertaning 5-bo‘limida nazarda tutilgan tartibda, faqat bajarilgan yoki buyurtma qilingan xizmatlar (buyurtma komissiyasi, kashelyokdan pul yechish) uchun to‘lov amalga oshiradi.
Foydalanuvchi Platformadan faqat ushbu Ofertada belgilangan maqsadlarda va amaldagi qonunlarga muvofiq foydalanishi lozim. Platformadan noqonuniy, firibgarlik yoki taqiqlangan maqsadlarda foydalanish qat’iyan man etiladi.
Mijozning majburiyatlari: (a) Kompaniyaga xizmatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumot va materiallarni to‘g‘ri hamda qonuniy holda taqdim etish; (b) tashish uchun taqdim etilayotgan yuklar yoki tovarlarning qonuniyligini, to‘g‘ri qadoqlanganligini va zarur hujjatlarga (jumladan, og‘ir/yirik hajmli yuklar uchun talab qilinadigan ruxsatnomalarga) ega ekanligini kafolatlash; (c) yuk manzili, hajmi va og‘irligi haqida aniq ma’lumot berish; (d) belgilangan buyurtma va to‘lov shartlariga rioya etish.
Haydovchining majburiyatlari: (a) haqiqiy va amal qiluvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasiga oid hujjatlarga ega bo‘lish; (b) yukni kelishilgan manzil va muddatda, xavfsiz va butun holda yetkazib berish; (c) yo‘l harakati qoidalari va yuk tashishga oid amaldagi qonunchilikka rioya etish; (d) Platforma orqali qabul qilingan buyurtmalarni sifatli bajarish va Mijoz bilan aloqada bo‘lish.
Foydalanuvchi Platformadan foydalangan holda amalga oshirayotgan harakatlarida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etishi shart.
Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish va zarur hollarda Foydalanuvchidan uning shaxsini, transport vositasini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Agar Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini yoki qonun talablarini buzsa, yoxud Foydalanuvchining xatti-harakati Platforma, Kompaniya yoki boshqa foydalanuvchilarga ziyon etkazsa, Kompaniya Foydalanuvchining Platformaga kirish huquqini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yoki butunlay bloklash huquqiga ega.
Kompaniya Foydalanuvchilarga 8-bo‘limda ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali texnik va axborot ko‘magi ko‘rsatadi. Foydalanuvchi Kompaniyadan o‘zining taqdim etgan aloqa ma’lumotlariga (telefon raqami, elektron pochta yoki ilova ichidagi bildirishnomalar orqali) xizmatlarga oid bildirishnomalar va ogohlantirishlarni olishga rozilik beradi.
Platformada e’lon qilingan qo‘shimcha qoida va siyosatlar (agar mavjud bo‘lsa) ushbu Foydalanish shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi va Foydalanuvchi ularga rioya etishi shart.